Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NAYTXART XYOFER-VISSING: O‘ZBEKISTON BARQAROR VA IZCHIL RIVOJLANAYOTGAN DAVLAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NAYTXART XYOFER-VISSING: O‘ZBEKISTON BARQAROR VA IZCHIL RIVOJLANAYOTGAN DAVLAT

Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli sheriklaridan biri. 1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilgach mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajada siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi, o‘zaro munosabatlarning mustahkam shartnomaviy-huquqiy bazasi yaratildi. Barcha sohalarda hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart XYoFER-VISSING O‘zA muxbiriga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

– O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda, o‘zini barqaror va izchil rivojlanib borayotgan davlat sifatida namoyon etmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti ravnaq topib, aholi farovonligi yuksalmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z nufuziga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib bormoqda.

Germaniya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim savdo sheriklaridan biridir. O‘zaro hamkorlikning iqtisodiy imkoniyatlari katta istiqbolga ega. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Germaniya kompaniyalari o‘z sohalarida yuqori samaradorlikka erishmoqda. «MAN», «CLAAS», «Lemken», «Knauf» kabi kompaniyalar faoliyatiga yuqori baho berayotgani uchun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovdan g‘oyat minnatdormiz.

Kichik va o‘rta korxonalar Germaniya iqtisodiyoti muvaffaqiyatining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda ham iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va boshqa hujjatlar ushbu dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston Prezidentining mazkur farmonida bayon etilgan vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish va Germaniya ishbilarmon doiralari sarmoyalari hajmini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi.

Germaniya O‘zbekistonning mamlakatni yanada demokratlashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Sud-huquq tizimidagi islohotlar bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Germaniya O‘zbekiston bilan jamiyatni demokratlashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik qilmoqda. Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armalar faoliyati bunga misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston bilan Germaniya xalqaro siyosat, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlari e’tiborga molikdir. Mamlakatingiz Sharq va G‘arbni bog‘lab turuvchi bo‘g‘in sifatida xalqaro munosabatlarda bundan buyon ham muhim o‘rin tutadi.

Germaniya ta’lim va madaniyat sohalarida ham O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda. Ilm-fan sohasidagi yaqin aloqalar har ikki mamlakat uchun manfaatlidir.
Toshkentda faoliyat yuritayotgan Gyote institutining muhim maqsadlaridan biri madaniyat va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekistonlik sheriklar bilan birgalikda turli tadbirlar, xususan, konferensiya, seminar va konsertlar o‘tkazilmoqda. Institut o‘z faoliyati doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlarida nemis tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 24-yilligi arafasida mehmondo‘st va ko‘ngli ochiq xalqingizga baxt-saodat, barcha sohalarda muvaffaqiyatlar tilayman.

O’zA