Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati takomillashmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati takomillashmoqda

Xorazmda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi tomonidan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining miqdor va sifat o‘zgarishlari: Xorazm viloyati misolida” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, adliya boshqarmasi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etgan anjumanda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Bugungi kunda viloyatda 509 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Ilyos Abdullayev. – Ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki kengayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi e’lon qilayotgan grant tanlovlarida so‘nggi besh yilda 269 ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar bilan ishtirok etgani fikrimiz tasdig‘idir.

Tadbirda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati, grant tanlovida g‘olib bo‘lgan NNTlar tajribalari, hududiy ommaviy axborot vositalari, partiya tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar tahlil etilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

www.uza.uz