Nodavlat radiostansiyalar bosh muxarrirlari uchrashuvi bo’lib o’tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O’zEOAVMA) “Bunyodkor” yoshlar telekompleksining Onlayn trening markazida O’zEOAVMAning Radio axborot markazi loyihasining a’zolari - nodavlat radiostansiyalar bosh muxarrirlari uchrashuvi bo’lib o’tdi, deya xabar beradi assotsiatsiya matbuot xizmati.
Ijodiy uchrashuv vaqtida 1-chorak sarhisoblari muhokama qilindi va keyingi uch oy uchun vazifalar belgilab olindi. Ishtirokchilar «Hudud.Uz» va «Kun tafsiloti» axborot dasturlarining ijodiy va texnik jihatlari monitoringi yuzasidan fikr almashishdi.
Shuni qo’shimcha qilib aytib o’tish joizki, nodavlat radiostansiyalar bosh muxarrirlari tomonidan so’nggi o’tgan davr mobaynida dasturlarning monitoringi amalga oshirildi. Hamjihatlikda tayyorlanayotgan radiodasturlar borasida fikrlar va takliflar bildirildi. Shuningdek, o’tkazilayotgan mahorat darsi doirasida loyiha ishtirokchilari bo’lgan nodavlat radiostansiyalar vakillari tomonidan kechki radiodasturlarning ochilish (musiqiy) jingllari va bezaklarini yangilash, ya’ni ularning rebrendingini o’tkazish hamda axborot bloklari efiri sifatiga jiddiy e’tibor qaratish taklif etildi.
Tadbir doirasida, 2015-yil uchun rejaga kiritilgan seminar va mahorat darslari ham namoish etildi.
“Jahon” AA