Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NOVOSIBIRSK SHAHRIDA O‘ZBEK TILI VA MADANIYATI KECHASI O‘TKAZILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NOVOSIBIRSK SHAHRIDA O‘ZBEK TILI VA MADANIYATI KECHASI O‘TKAZILDI

NOVOSIBIRSK, 20 oktyabr. O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 30 yillik sanasi munosabati bilan Novosibirsk davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur shahar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlar tadbir qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i aks ettirilgan ko‘krak lentalari taqdim etdi.

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Yusuf Qobiljonov O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda o‘zbek tilining xalqaro nufuzi, jamiyat hayotidagi mavqeini yanada yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda Novosibirsk davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi qoshida “O‘zbek tili do‘stlari” klubi tantanali tarzda ochiq, deb e’lon qilindi. Ziyo maskaniga taqdim etilgan o‘zbek tilidagi 2 ming dona kitob ushbu klub ixtiyoriga berildi. Bu yerda o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha bepul kurslar tashkil etish rejalashtirilgan.

Bayramona ruhda o‘tgan kechada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Novosibirsk filiali, Novosibirsk davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi, Novosibirsk xalqaro dasturlar va loyihalar markazi vakillari o‘zbek madaniyati, san’ati va urf-odatlari haqida samimiy fikrlar bildirdi, Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qidi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyatini namoyon etuvchi videorolik namoyish etildi, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi taqdim etildi, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf she’rlari o‘qib eshittirildi, kuy va qo‘shiqlar yangradi.

“O‘zbekiston haqida bilasizmi?” mavzuida o‘tkazilgan viktorina g‘oliblari qimmatli sovg‘alar bilan siylandi.

“Dunyo”