Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston delegatsiyasi onkologiya sohasida xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston delegatsiyasi onkologiya sohasida xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining onkologiya sohasida hamkorlik boʻyicha xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Vengriya hukumati va Vengriya inson resurslari vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo 53 mamlakatidan 200 nafarga yaqin vakil qatnashmoqda.

Konferensiyaning ochilishida taʼkidlanganidek, dunyoda saraton kasalligi koʻpayib bormoqda. Buning yaqqol dalili, har yili 15 million nafarga yaqin insonda ushbu xastalik belgilari kuzatiladi va oʻlim darajasi 9 million nafardan oshadi. Bunga aholining oʻsishi bilan bir qatorda, atmosferaning konserogen moddalar bilan oʻtkir ifloslanishi, geni oʻzgartirilgan, jumladan, tabiiy boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolining koʻpayishi, jismoniy faollikning kamayishi kabi omillarni misol sifatida keltirish mumkin. Shu bois saraton xastaligi dunyo boʻylab jiddiy ijtimoiy muammolardan biriga aylandi. Shu bilan birga onkologik kasalliklarning “yosharayotgani” ham jiddiy muammo boʻlib, oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan soʻng ikkinchi oʻrinda turadi.

Afsuski, ushbu yoʻnalish Oʻzbekiston uchun ham dolzarb. Mamlakatimizda hozirda 96 mingdan ziyod fuqaroda saraton kasalligi qayd etilgan. Har yili 20 mingdan ortiq saraton kasalligi tashxisi qoʻyilmoqda. Bunda koʻkrak bezi saratoni birinchi, oshqozon saratoni ikkinchi, bachadon boʻyni saratoni uchinchi oʻrinda turadi.

Yurtimizda, afsuski, saraton kasalliklarining yarmidan koʻpi kech bosqichlarda aniqlanadi. Masalan, 2015-yilda bemorlarning 50,9 foizi kasallikning III-IV bosqichlarida aniqlangan. Kasallikning kechki bosqichlarda aniqlanishining birinchi sababi aholining onkologik bilimi yetarli emasligi sababli shifokorlarga vaqtida murojaat qilmasligi boʻlsa, ikkinchi tarafdan birlamchi va boshqa soha shifokorlarining onkologik ehtiyotkorligi pastligi sababli vaqtida tashxis qoʻya olmasliklaridir.

Shu kabi dolzarb muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan onkologik yordam koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, aholining barcha qatlamini qamrab olish tizimini shakllantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sohani yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va yetakchi klinikalar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va xorijning yetuk mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimiz delegatsiyasining ushbu nufuzli tadbirda ishtiroki ham xalqaro hamkorlik yoʻnalishdagi yana bir muhim qadam boʻldi.

Xalqaro konferensiyada Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Lide Lazer taʼkidlaganidek, saraton bilan kurashish muammolarining yechimi turli mamlakatlar sogʻliqni saqlash tashkilotlari saʼy-harakatlarini birlashtirgan holda uygʻun yondashuvni talab qiladi. Shuningdek, u Oʻzbekistonda saraton kasalligining oldini olish borasidagi saʼy-harakatlarga alohida toʻxtalib, xususan, odam papillomasi virusiga qarshi vaksinasining davlat tomonidan joriy etillayotganini tarixiy ahamiyatga ega deya, yuksak baholadi. Bu esa kelajakda inson papilloma virusining keskin kamayishiga xizmat qilishini eʼtirof etdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

OʻzA