Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkil etildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkil etildi

Ushbu qaror davlat rahbarining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarining oʻzaro kelishib ishlashi va munosabatlari, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish va farovonligini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jiddiy nazorat oʻrnatishga qaratilgan.

Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni negizida tashkil etilmoqda. Uning rasmiy nomi:

Oʻzbek tilida - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;

Rus tilida – Administratsiya Prezidenta Respubliki Uzbekistan;

Ingliz tilida – The Administration of the President of the Republic of Uzbekistan.

Administratsiya tarkibiga rahbar, shuningdek, tegishli yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari faoliyatini boshqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi lavozimlari joriy etilmoqda.

Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladigan davlat organi hisoblanadi va bevosita unga hisob beradi. U Prezidentning axborot-tahlil, tashkiliy-nazorat faoliyati nazoratini taʻminlaydi. Davlat rahbari Administratsiya faoliyatini boshqaradi, Administratsiya rahbari esa, Administratsiya tuzilma​lari oʻzaro uygʻun va muvofiq faoliyat yuritishini taʻminlaydi.

Ushbu farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi - Spichrayter lavozimi joriy etildi. U Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va maʻruzalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi.

OʻzA