Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5–6, 54-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) 4-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

Quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“mikroqarz berish”;

oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 71–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 142-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 9, 245-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 12-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar ularning amal qilishi muddati cheklanmagan holda beriladi.

Faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlariga nisbatan qonun hujjatlarida litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam boʻlmasligi lozim»;

2) 16-modda:

quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziya daʼvogari arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqda litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega boʻladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati hamda litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Bunda litsenziya daʼvogari litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas»;

yettinchi – oʻn birinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi – oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222–II-sonli Qarori 1-ilovasining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6–7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar) yigirmanchi – oltmishinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yigirmanchi – ellik beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.

Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish.

Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish.

Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.

Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.

Bank faoliyati.

Banklar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.

Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.

Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat.

Baholash faoliyati.

Sugʻurtalovchilarning va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati.

Auditorlik faoliyati.

Lombardlar faoliyati.

Lotereyalar tashkil etish.

Advokatlik faoliyati.

Bojxona omborini taʼsis etish.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.

Bojxona rejimida omborxona – “erkin omborxona” taʼsis etish.

Geodeziya va kartografiya faoliyati.

Noshirlik faoliyati.

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat.

Diniy taʼlim muassasalarining faoliyati.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash.

Fonogrammalarni tayyorlash.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish.

Birja faoliyati.

Turizm faoliyati.

Ulgurji savdo.

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.

Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish.

Rieltorlik faoliyati.

Kredit byurolari faoliyati.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyat.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish».

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi OʻRQ–50-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 492-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablagʻlaridir”;

2) 8-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalari barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va bu qoidalarda quyidagilar boʻlishi kerak:

mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartlari;

mikromoliyaviy xizmatlarning miqdori, muddatlari, toʻlovi va toʻliq qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar»;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash taqiqlanadi”;

3) 14-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashni, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishni, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashni taqiqlash sharti”;

oltinchi – oʻninchi xatboshilari tegishincha yettinchi – oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 20 sentyabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–53-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 495-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yi

l, № 4, 98-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4,137-modda) 13-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashga, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishga, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga”;

toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, 1-songa ilova;

2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 15-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli ruxsatnoma olgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 44-modda birinchi qismining:

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

beshinchi – yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi – beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

3) 72-modda birinchi qismining:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi – oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi – beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

4) 275-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi – toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

«bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;

bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;

tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish;

dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;

deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish»;

beshinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;

5) 277-moddaning toʻrtinchi – yettinchi qismlari chiqarib tashlansin;

6) 278, 279 va 280-moddalar chiqarib tashlansin;

7) 282-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi”;

8) 283-modda chiqarib tashlansin;

9) 284-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

10) 285-modda chiqarib tashlansin;

11) 286-modda birinchi qismining “ye” kichik bandi chiqarib tashlansin;

12) 287-modda birinchi qismining “l” va “m” kichik bandlari chiqarib tashlansin;

13) 291-modda birinchi qismining:

sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

14) 336-moddaning birinchi qismidagi “278” raqami chiqarib tashlansin;

15) 338-moddaning:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi – beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi – toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2018 yil 3 oktyabr
№ OʻRQ—494

www.uza.uz