Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OʻZBEKISTONNI 2035-YILGACHA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI LOYIHASI TAQDIMOTI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OʻZBEKISTONNI 2035-YILGACHA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI LOYIHASI TAQDIMOTI

Shu yil 28-29 iyun kunlari “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” mavzuida xalqaro forum tashkil etilib, uning doirasida mamlakatimizni uzoq muddatli rivojlantirishning strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilingan edi.

Shunga muvofiq “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan KPMG auditor-konsalting tashkiloti koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazida 4-dekabr kuni mazkur konsepsiya loyihasining dastlabki taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, vazirlik va idoralar masʼul xodimlari, “Buyuk kelajak” tashkiloti ekspertlar kengashi aʼzolari ishtirok etdi.

Bugungi shiddatli davr mamlakatimiz oldiga rivojlanishning uzoq muddatli strategiyasini belgilash va barcha sohalarni izchil taraqqiy ettirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish vazifasini qoʻymoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasidan maqsad mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir.

Konsepsiya loyihasi davlat boshqaruvini isloh etish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, innovatsiya va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash kabi asosiy yoʻnalishlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davomida toʻplangan tajriba mazkur konsepsiyaning aniq yoʻnalishlarini ishlab chiqish uchun asos boʻldi. Eng muhimi, mamlakatimizni rivojlantirishning yangi strategiyasi kelasi 17 yilga moʻljallangan boʻlib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalarga erishishni nazarda tutadi.

Loyihaning davlat boshqaruvini isloh qilish yoʻnalishida qonunchilik bazasini takomillashtirish, sud tizimini isloh etishni davom ettirish, aholi siyosiy madaniyatini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va Oʻzbekistonning xalqaro indekslardagi oʻrnini yuksaltirishga imkon beradigan davlat boshqaruvi institutlarini takomillashtirish vazifalari belgilangan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi sanoat, xizmat koʻrsatish sohasi va qishloq xoʻjaligini ravnaq toptirish, tadbirkorda tashabbuskorlikni kuchaytirish, moliyaviy resurslar bilan taʼminlash kabi omillarga asoslanadi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish hisobiga 2035 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 122 milliard dollarga yetkaziladi. Oʻsish surʼatining bunday koʻlamini belgilashda YAIMning nominal oʻsishi, iqtisodiyot samaradorligi, aholi jon boshiga daromadlar oshishi hisobga olingan, Xitoy, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tailand kabi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasiga qiyoslangan.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻlimida taʼlim tizimi, mehnat bozori hisobiga inson kapitalini rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali odamlarning sogʻligʻini yaxshilash koʻrsatkichini oshirish, ijtimoiy himoya, atrof-muhitni asrash, ilgʻor fikrlaydigan yangi avlodni shakllantirish, mamlakatning milliy brendini xalqaro miqyosda ommalashtirish kabi maqsadlar bayon etilgan.

– Jahonning koʻplab rivojlangan davlatlarida uzoq istiqbolga moʻljallangan strategiyalar qabul qilingan. Oʻzbekistonni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi boʻlib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir, – dedi “Buyuk kelajak” xalqaro tashkiloti ekspertlar kengashi muvofiqlashtiruvchisi Bahrom Ismoilov. – Yangi strategiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar istiqbolda yuqori natijalarni berishiga poydevor boʻlib xizmat qiladi.

– Strategiya loyihasida belgilangan marralarga erishish uchun har bir sohada islohotlarni bosqichma-bosqich, aniq muddatlarda roʻyobga chiqarish prognozlari koʻrsatilgan, – dedi “Taraqqiyot markazi” ijrochi direktori Akmal Burhonov. – Masalan, bugungi kunda turizm sohasining ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 1,4 foizni tashkil etsa, 2035-yilda uni 28 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Yoki ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 300 mingtaga yetkazish, tarmoqdagi bandlikni 1,5 barobar koʻpaytirish koʻzda tutilmoqda. Shu kabi koʻplab istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari Oʻzbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam oʻrin egallashiga qulay imkoniyatlar yaratadi.

Taqdimotda makroiqtisodiyot koʻrsatkichlari, sohaviy yoʻnalishlarning har tomonlama oʻrganilgan maʼlumotlari, barqaror rivojlanish yoʻnalishlari, 2035-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasidan kutilayotgan natijalar haqida soʻz yuritildi.

Loyihani aholining keng qatlamlari, vazirlik va idoralar, ekspert-tahliliy doiralar oʻrtasida, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida keng muhokama qilishga kelishib olindi.

www.uza.uz