Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʼzbekistondagi xalqaro hayriya poygasi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʼzbekistondagi xalqaro hayriya poygasi

Samarkand Half Marathon - hayriya musobaqasi Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat
vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʼarmasi tomonidan har yili
Madaniyat vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi hamda Samarqand viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Mazkur musobaqa madaniyat va sanʼat obʼektlaridagi mavjud inklyuziv muammolariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish, shuningdek, mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirish masalalarini hal qilishga yordam beradi.
Bu yil tashkilotchilar asosiy eʼtiborini autizm spektrining buzilishi (АSD) bilan kasallangan insonlarning imkoniyatlari va nogironligi boʼlgan shaxslarning madaniyat va sanʼat obʼektlariga kirish muammosiga qaratishmoqda. Tadbir doirasida autizmga chalingan insonlar uchun inklyuziv muhitni yaratish va ularni mamlakatimizdagi ijtimoiy-madaniy va jamoat hayotiga qoʼshilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. “Samarkand Half Marathon” yarimmarafonidan tushgan mablagʼlar autizmga chalingan bolalar uchun Oʼzbekistondagi maktab-internatlarning birida bolalar ijodiyoti studiyasini yaratishga sarflanishi rejalashtirilgan.
Dunyodagi ogʼir epidemiologik vaziyat tufayli 2020 yilgi Samarqand yarimmarafon
dasturidagi tadbirning sport qismini virtual onlayn poyga shaklida oʼtkazishni nazarda tutishi belgilangan. Yarimmarafonning ushbu oflayn shakli har bir ishtirokchisiga yugurish uchun joy tanlash erkinligini beradi, shuningdek, musobaqa natijalari toʼgʼrisidagi barcha maʼlumotlar “Strava” ilovasi yordamida qayd etib boriladi. Hayriya musobaqasi 1 noyabrdan boshlanadi.
Bundan tashqari, dasturga shimolcha yurish musobaqasi hamda 12 yoshgacha boʼlgan bolajonlar uchun esa, alohida bolalar poygasi jadvali ishlab chiqildi. Shuningdek, Samarqand yarimmarafoni loyihasi doirasidagi oʼquv va madaniy dasturlar raqamli formatda oʼtkaziladi.
“National Autistic Society” (Buyuk Britaniya) vakillari autizmga kasalligiga chalingan
bolalarning ota-onalari uchun onlayn veb-seminarlar oʼtkaziladi va Britaniya muzeyi
mutaxassislari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Early Morning Explorers” loyihasi haqida batafsil axborot beriladi. "Doʼstona muhit" (Rossiya) loyihasi koʼmagida bir qator onlayn munozaralar, veb-seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi. “The Beat Film Festival” kinofestivali bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan filmlar dasturi veb-saytimizda namoyish etiladi.