Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston elchisi Polsha Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston elchisi Polsha Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Varshava Oʻzbekistonning faol mintaqaviy siyosati hamda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarini kuzatib bormoqda va ijobiy baholamoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining Varshava shahridagi elchisi Bahrom Babayev Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Dudaga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng boʻlib oʻtgan suhbatda Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. Polsha rahbari uning mamlakati Oʻzbekiston bilan koʻplab masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligini qayd etdi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarning ijobiyligi hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligi ta’kidlandi.

“Varshava Oʻzbekistonning faol mintaqaviy siyosati hamda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarini kuzatib bormoqda va ijobiy baholamoqda, - dedi Andjey Duda. – Prezident Shavkat Mirziyoyev ochiq tashqi siyosatni amalga oshirib kelmoqda va mintaqada mavjud nizolarni bartaraf etish hamda oʻzaro ishonch munosabatlarini oʻrnatishga erishdi”.

Mamlakatda olib borilayotgan islohotlar Polsha ishbilarmonlar doiralarining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishini sezilarli darajada oshirdi. Bu uchun eng muhim omil Oʻzbekistondagi tinch va barqaror muhit hisoblanadi.

Polsha Prezidenti 2019-yil 1-fevraldan Polsha fuqarolariga 30 kunlik vizasiz tartibning joriy etilishidan mamnunligini bildirdi. Bu Oʻzbekistonga kelayotgan polshaliklar sonini ikki barobar oshishiga imkon berdi.

Muloqot chogʻida Polsha tomonining ta’lim va ilm-fan sohasida Oʻzbekiston bilan aloqalarni rivojlantirish istagi mavjudligi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Polsha rahbari ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga umid bildirdi hamda Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.

«Dunyo» AA