Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-majlisida qatnashish doirasida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston –Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuqori surʼatlarda rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oʻz navbatida, Sergey Lavrov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlarning siyosiy irodasi va oliy darajadagi faol muloqot oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Bugungi kunda savdo, investitsiya, energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarida qoʻshma loyihalar, shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qoʻshma dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar salohiyati roʻyobga chiqmoqda.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, BMT, SHHT, MDH va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari va Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalalari ham muhokama qilindi.
Sergey Lavrov Rossiya Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tez fursatda barqarorlashtirishga koʻmaklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi faol saʼy-harakatlariga yuksak baho berishi va ularni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlarning xalqlarimiz farovonligi, mintaqaning tinchligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti yoʻlida doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida intilishlari qatʼiy ekani taʼkidlandi.