Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston Prezidentining SHHT va OHICHK sammitlarida ishtirokiga doir

2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Parlament saylovlari 2019 yil Parlament saylovlari 2019 yil O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston Prezidentining SHHT va OHICHK sammitlarida ishtirokiga doir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 13-14-iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda 15-iyun kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning navbatdagi sammitlarida ishtirok etadi.

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yoʻnalishlarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona yondashuv“ mavzusi ostida oʻtadi. Unda kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Bishkek va Dushanbe sammitlaridagi ishtiroki doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

OʻzA