Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga va boshqa muhim sohalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3900-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) tuzilsin.

2. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ilgʻor jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha maslahatlar berish;

qulay investitsiya muhitini shakllantirishda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardosh eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish maqsadida sarmoya kiritishlarini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etish, shuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga va oʻzaro manfaatli savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish;

davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlash;

investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning, shu jumladan, xorijiy investorlarning faolligiga toʻsqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilish, respublikada qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini saqlab turishni taʼminlash;

davlat organlari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bilan investitsiya jarayonlariga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan samarali takliflarni ishlab chiqish;

eksportni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga, savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini izchil rivojlantirishga, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay sharoitlar yaratishga, samarali transport yoʻlaklari, zamonaviy logistika zanjirini shakllantirishga koʻmaklashish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiqligini taʼminlashning bosqichma-bosqich choralarini koʻrish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish jarayonlariga ijobiy xorijiy tajribani joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish sohasidagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imijini, xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi;

Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan belgilangan tartibda shakllantiriladi;

Kengash oʻz faoliyatini oraliq va yalpi majlislar shaklida yuritadi. Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi;

Kengashning yalpi majlislarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan, oraliq majlislarni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar esa Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;

Kengash aʼzolarining majlislarga kelish va ularda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlari Kengash aʼzolarining oʻz mablagʻlari hisobidan, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining Oʻzbekiston tomoni tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan Kengash aʼzolari, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 13-noyabr

OʻzА