Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi Bosh prokurorlari uchrashdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov Koreya Respublikasi Bosh prokurori Mun Mu-Il boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura organlarida boʻlayotgan asosiy yangilanish jarayoni haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan ikki davlat bosh prokuraturalari oʻrtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yoʻlga qoʻyish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi taʼkidlandi.
Suhbatdoshlar oʻzaro manfaatli boʻlgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildi va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashdi.
Koreya delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash yoʻlida muhim qadam ekanligi alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya rahbari Oʻzbekiston Bosh prokuroriga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, oʻzaro manfaatli idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
OʻzA