OʻZBEKISTONDA BUYUK BRITANIYA UNIVERSITETINING FILIALI OCHILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston adliya vaziri R. Davletov Buyuk Britaniyaning Yuridik universiteti (ULaw) rahbariyati bilan Oʻzbekistonda universitet filialini tashkil etish loyihasini tezkor amalga oshirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi.
Tomonlar Toshkent shahrida universitet filialini tashkil etish boʻyicha amaliy harakatlar rejasini batafsil muhokama qildilar va ishchi guruh tarkibini tasdiqlashdi. Shuningdek, loyiha bosqichlari, oʻquv dasturlari va moliyalashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
Loyiha talabalarga biznesni boshqarish boʻyicha bakalavr dasturlarini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining oʻziga xos jihatlarini va xalqaro savdo huquqi boʻyicha LLB boʻyicha taʼlim beradi.
Maʼlumot uchun: ULaw (University of Law) Buyuk Britaniyaning notijorat xususiy universiteti boʻlib, huquqshunoslik, ixtisoslashtirilgan yuridik taʼlim va Britaniya huquqshunoslari va yuristlari uchun uzluksiz taʼlim kurslarini taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Xalqaro yuridik universitet Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24-sentyabrdagi qaroriga binoan tashkil etilmoqda.
UZA.UZ