Oʻzbekistonlik yosh olimlar Germaniyaga stajirovkaga boradi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʻyicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda puxta tadqiqot rejasiga ega 13 nafar yosh olimni Germaniya tadqiqot institutlarida ikki haftalik malaka oshirish kurslari uchun saralab oldi.
86 nafar nomzod ushbu dasturga qiziqish bildirib onlayn ariza topshirdi. Arizalar innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns boshchiligidagi komissiya tomonidan koʻrib chiqildi va tanlov mezonlari asosida baholandi. Ikkinchi bosqichda suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan yosh olimlarga Germaniya tadqiqot institutlarida malaka uchun grant dasturi boʻyicha yoʻllanma berildi.
Yosh olimlar 6-noyabr kuni Germaniyaga joʻnab ketadi. Safar arafasida ularni Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Gyunter Leo Overfeld qabul qildi.
– Oʻzbekiston bilan qator loyihalarni amalga oshirayotgan boʻlsak-da, mana shunday yuqori darajada ilm-fan sohasida tajriba almashish ilk bor amalga oshirilmoqda, - dedi elchi. - Oʻzbekistonlik yosh olimlarning Germaniyada malaka oshirishi ilm-fan sohasida hamkorlikda qoʻyadigan keyingi qadamlarimizni belgilab beradi.
Yurtimiz oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlaridan iborat tadqiqotchilar guruhi ikki hafta mobaynida Germaniyaning Berlin, Postdam, Xalle, Leypsig va Drezden shaharlaridagi nufuzli universitetlar, tadqiqot markazlari, texnologik inkubatorlar, innovatsion kompaniyalar faoliyati bilan tanishadi.
Germaniyaga stajirovkaga ketayotgan olimlar oʻrtacha 27 yoshni tashkil etadi. Ularning tadqiqot ishlari qiziqarli va turli sohalarda boʻlib, robototexnika, muqobil energiya, innovatsion qurilish materiallari, zararkunanda hasharotlarga qarshi ekologik toza vositalar bilan kurashish kabi loyihalarni qamrab olgan. Stajirovka arafasida Innovatsion rivojlanish vazirligida ishtirokchilarga seminar tashkil etildi. Seminarda vazir maslayuatchisi K. Xayns Germaniyaning innovatsion madaniyati va landshafti toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar berdi. Yosh olimlar oʻz loyihalarining taqdimotini oʻtkazdi. Seminar mahorat darsi shaklida tashkil etilib, muhokamalar tadqiqotchilarning Germaniyadagi safardan qanday bilim va malaka olib kelishiga yoʻllanma vazifasini bajardi.
OʻzA