Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OʻzLiDeP: Inson shaʼniga nisbatan qilingan har qanday tajovuz jazosiz qolmasligi kerak

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Qonunchilik saylovi 2019 yil Qonunchilik saylovi 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Sayyohlik Sayyohlik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OʻzLiDeP: Inson shaʼniga nisbatan qilingan har qanday tajovuz jazosiz qolmasligi kerak

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayevga tegishli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar shaʼniga oʻta keskin fikrlar bildirilgan audioyozuv mamlakatimizdagi barcha OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab boʻlmoqda. J.Ortiqxoʻjayev shaxsi bilan bogʻliq mazkur holat OʻzLiDePni ham befarq qoldirgani yoʻq. Partiya bu borada oʻz pozitsiyasini eʼlon qildi.

“Mamlakatimiz Konstitutsiyasida ham qonun hamma uchun tengligi, inson huquqlari ustuvorligi eʼtirof etilgan. Shu tufayli OʻzLiDeP inson shaʼniga nisbatan qilingan har qanday tajovuz jazosiz qolmasligi kerak deb hisoblaydi”, - deyiladi unda.

Shu bilan birga haqoratli soʻzlar yangragan audioyozuv haqiqatan ham J.Ortiqxoʻjayev tomonidan aytilganligi yuzasidan yetarlicha tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmagani sababli ushbu masalaga munosib huquqiy baho berish, vaziyatga aniq xulosa yasash maqsadida audioyozuv hozirda maxsus davlat organlari tomonidan ekspertiza qilinayotganligi maʼlum. Shundan kelib chiqib partiya jurnalist va blogerlarni, turli davlat va nodavlat tashkilotlari faollarini vaziyatga ekspertiza xulosasi asosida baho berilgunga qadar xulosa chiqarmaslikka chaqirgan.

Shuningdek, matnda OʻzLiDeP Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatini yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tegishli munosabat bildirishini soʻragan.

“...Partiya har qanday erkin fikr, erkin soʻz inson qadr-qimmatiga daxl qilmasligi shart deb hisoblaydi”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

O’zA