“O’ZAGROSUG’URTA” DASK (AJ) NING JORIY YIL 1-CHORAK ISH FAOLIYATI YAKUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zagrosug’urta” DASK (AJ) ning 2015-yil 1-chorak ish faoliyati yakunlariga bag’ishlangan yig’ilish bo’ldi, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Chorak yakuniga bag’ishlangan majlisda kompaniyaning 1-chorak yakunida erishgan yutuqlari hgamda yo’l qo’yilgan kamchilikar haqida aytib o’tildi.
2015-yil 1-choragida kompaniya bo’yicha sug’urta tushumlari 27,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 130,3%ga o’sgan. Olingan sug’urta javobgarligi 10,7 trln. so’mni tashkil etdi.
Jami yig’ilgan sug’urta mukofotlari 27,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. To’langan sug’urta tovonlari hajmi 7,9 mlrd. so’mni tashkil etdi.
2015-yilning 1-aprel holatiga kompaniyaning investitsiya portfeli 58.6 mlrd.so’mni tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan 104 foizga o’sish kuzatildi.
Mijozlar sonini ko’paytirish, shuningdek aholiga yanada sifatli xizmatlarni ko’rsatish maqsadida “O’zagrosug’urta” DASK (AJ) tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi direksiyasi qoshida sug’rta markazi ochildi. Hisobot davrida kompaniya tizimida 108 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Shuningdek hududiy bo’linmalar rahbarlarining kompaniya moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi prognoz ko’rsatikichlarining bajarilishi to’g’risidagi hisobotlari tinglandi.
Majlis so’nggida istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalar haqida kelishib olindi.
“Jahon” AA