“O’ZBEK XALQI ULKAN MAS’ULIYAT, FAOLLIK VA HAMJIHATLIKNI NAMOYON ETDI”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasining saytida O’zbekistonda o’tgan Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan mazkur akademiyaning Markaziy Osiyo bo’limi mudiri Din Syaosinning maqolasi e’lon qilindi.
Maqola muallifi O’zbekistonga xalqaro kuzatuvchi sifatida birinchi marta borgani, saylovni monitoring qilish jarayonida mamlakat fuqarolarining yuksak mas’uliyat, faollik va hamjihatlikni namoyon etishganini ta’kidlaydi. “Saylov demokratik andozalarga to’la mos holda, osoyishta vaziyatda o’tdi va bu Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlash va mintaqaning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi”, deb yozadi ekspert.
D.Syaosin O’zbekistonda saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida puxta tayyorgarlik ko’rilganini ijobiy baholaydi. Shu o’rinda u dunyoning nufuzli tashkilotlari va xorijiy ommaviy axborot vositalari saylov jarayonlarini xolis monitoring qilishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida to’xtaladi.
O’quv binolarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida bo’lgan xitoylik mutaxassis O’zbekiston saylov tizimining o’ziga xos jihatlari bilan tanishganini qayd etadi. U, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning intellektual salohiyatiga, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy talablarga javob beradigan maktablar qurilishiga katta e’tibor qaratilishi hamda yosh avlodning xitoy tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini yuksak baholaydi.
Bundan tashqari, muallif keng o’quvchilar ommasini o’zini o’zi boshqarishning noyob organi - mahalla instituti faoliyati bilan tanishtiradi. Mahallaning mavjud muammolarni hal etish va bolalar tarbiyasidagi ishtiroki, hudud aholisi o’rtasida tinchlik va ahillikni saqlashga ko’maklashishi hamda ayollar va keksa avlod vakillariga hurmatni shakllantirish kabi umuminsoniy qadriyatlarni ommalashtirishda muhim o’rin tutishi alohida ta’kidlanadi.
D.Syaosin, shuningdek, ulkan istiqbolga ega bo’lgan O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi munosabatlarga alohida to’xtaladi. Jumladan, u qurilishi China Railway Tunnel Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li va Qamchiq davoni orqali o’tgan yer osti yo’li haqida so’z yuritadi.
Maqola yakunida xitoylik ekspert O’zbekiston yangi rahbari bilan o’z taraqqiyoti yo’lida yanada ulkan natijalarga erishishiga ishonch bildiradi.
“Jahon” AA, Pekin