O‘zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Belarus adliya organlari faoliyati bilan tanishdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida joriy yilning 26 noyabr kuni mamlakatimiz delegatsiyasi Belarus notarial palatasining Ko‘p funksiyali markazi, Minsk viloyati notarial palatasi, Minsk viloyati Adliya bosh boshqarmasi va Frunze tumani “yagona darcha” xizmatiga tashrif buyurdi.
Belarus notarial palatasining Ko‘p funksiyali markazida palata raisining o‘rinbosari T. Delendik mamlakat notariati sohasida amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar, palata va uning hududiy organlarining notariuslar faoliyatini monitoring qilish va tashkil qilishdagi roli haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, delegatsiya Belarus notarial palatasining Ko‘p funksiyali markazi va Minsk viloyati notarial palatasi tasarrufidagi notarial arxivlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Minsk viloyati Adliya bosh boshqarmasida O‘zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi hududiy adliya organlari faoliyati, ularning joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro aloqa mexanizmlari bilan tanishdi.
Minskning Frunze tumanidagi “yagona darcha” xizmatiga tashrif chog‘ida vazirlik vakillari ish jarayoni, shuningdek mamlakatda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston tomoni mamlakatimizning davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish sohasidagi muvaffaqiyatli tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 27 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Adliya vazirlari kengashining 14-yig‘ilishida ishtirok etadi.
UZA