“O’ZBEKISTON – BARQAROR RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKAT”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda bo’lib o’tgan “O’zbekiston, Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki o’rtasidagi xalqaro mehnat standardlarini amalga oshirish bo’yicha hamkorlik” mavzusidagi davra suhbati Gretsiya ekspert doira vakillari orasida muhokama qilindi.
“CHANNEL 1” radiostansiyasining bosh muxarriri, iqtisodiy tahlilchi Nikos Bardunias O’zbekiston bilan Xalqaro mehnat tashkiloti hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik haqida o’z-fikr-mulohazalarini bildirar ekan, barqaror rivojlanib borayotgan O’zbekiston bugun jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo’lish bilan birga xalqaro munosabatlar tizimida ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
— Respublikaning demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tajribasi xorijda izchil taraqqiyot modeli sifatida keng qiziqish uyg’otmoqda. Yurtingizda qisqa davr mobaynida bolalar majburiy mehnatini oldini olish borasida ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yetakchi grek jurnalisti Kostas Saruxas O’zbekiston bilan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar o’rtasidagi samarali hamkorlikka e’tibor bergani holda mazkur yo’nalishdagi chora-tadbirlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro’sini oshirishini aytib o’tdi.
Ekspert O’zbekiston bilan Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Butunjahon ish beruvchilar tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlanib borayotgani hamda ushbu yo’nalishda turli davra suhbatlari va tadbirlar tashkil qilinayotganini e’tirof etdi.
“Jahon” AA, Afina