O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING KANADADAGI UCHRASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 18-21-aprel kunlari O‘zbekiston va Kanada tashqi ishlar varizliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Monreal va Ottava shaharlarida Kanada Parlamenti deputati Dipak Obra, quyi palata ma’muriyati rahbari o‘rinbosari, xalqaro va parlamentlararo aloqalar idorasi Bosh direktori K.Labreki-Riel, ko‘zga ko‘ringan siyosatchi va parlamentning sobiq deputati Jo Daniyel, Kanada parlamentining Tashqi siyosat va xalqaro rivojlanish bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi R.Nolt, Kanada Senatining Tashqi siyosat va xalqaro savdo bo‘yicha qo‘mitasi raisi R.Andreychuk, Monreal shahrining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha byurosi direktori G.Normandin, Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasining xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Bryus Danlop bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda turli sohalardagi O‘zbekiston-Kanada muloqotini yanada rivojlantirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.