O’ZBEKISTON FHDYO ORGANLARIDA ELEKTRON HUJJATLAR JORIY ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyrug’i bilan “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi buyruqqa o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Unga binoan, tug’ilganlik, nikoh qayd etilganligi, nikoh bekor qilinganligi va vafot etganlik to’g’risidagi dalolatnomalarning elektron shakllari tasdiqlandi.
Elektron dalolatnoma yozuvlarining chop etilgan nusxasi huddi qog’oz shaklida bo’lgani kabi FHDYO idorasi mudiri, inspektorining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanishi belgilandi, deb xabar beradi norma.uz sayti.
“Jahon” AA