O‘zbekiston-Germaniya-Xitoy: turizm sohasidagi yangi loyihaga start berildi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Xitoyning China Tours Hamburg CTH GmbH yetakchi turistik kompaniyasi yangi loyiha asosidagi “Uzbekistan symbol of the magic east” yozuvi aks etgan avtokarvoni Germaniyadan yo‘lga chiqdi. Avtobuslar karvoni O‘zbekiston orqali Xitoyga borishi rejalashtirilgan. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bosh qarorgohi Germaniyada joylashgan Xitoyning China Tours Hamburg CTH GmbH kompaniyasiga 1998-yilda asos solingan bo‘lib, dunyoning eng yirik turkompaniyalaridan biri sanaladi. Ayni damda Berlin, Frankfurt, Myunxen, Pekin, Chanxay, Guylin shaharlarida o‘z ofislariga ega.
Xabarda keltirilishicha, joriy yil avvalida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Berlinda tashkil etilgan uchrashuvda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulov China Tours Hamburg CTH GmbH kompaniyasi rahbari Andreas Lans bilan New Silk Road” loyihasi doirasida Ipak yo‘li turizmini keng targ‘ib etishga qaratilgan yangi kelishuvlarga erishgan edi.
Mazkur loyiha orqali O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li shaharlari bo‘ylab ziyorat tashkil etish belgilangan edi.
Qayd etish joiz, Ipak yo‘li turizmini targ‘ib etuvchi mazkur tur mahalliy, shuningdek, Germaniyaning 15 dan ortiq yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yorit boriladi.
O‘zA