Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON ILK BOR YXHTNING IQTISODIY VA EKOLOGIK QO’MITASIGA RAISLIK QILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON ILK BOR YXHTNING IQTISODIY VA EKOLOGIK QO'MITASIGA RAISLIK QILADI

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi Doimiy kengashining Venada bo’lib o’tgan maxsus yig’ilishida YXHTning amaldagi raisi tomonidan O’zbekistonning YXHTdagi doimiy vakili Sherzod Asadov 2020 yilda Tashkilot Doimiy kengashining Iqtisodiy-ekologik qo’mitasi raisi etib tayinlangani to’g’risidagi qaror e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ta’kidlash joizki, YXHT Doimiy kengashi qo’mitalari raislarini tayinlash rotatsion tartibda emas, balki Tashkilotning amaldagi raisi tomonidan qator muhim siyosiy omillar, shu jumladan, mamlakatlarning mazkur xalqaro tuzilma doirasida o’z majburiyatlarini qanday bajarayotganini e’tiborga olgan Holda amalga oshiriladi.

Mamlakatimizning YXHT Doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo’mitasiga raislikka tayinlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligi, Orolbo’yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaning transport sohasidagi aloqalari va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish yO’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar xalqaro ko’lamda ijobiy qabul qilinayotganidan dalolatdir.

Iqtisodiy-ekologik qo’mitaga raislik qilish davlatimiz rahbarining YXHT maqsadlari va tamoyillari ruhidagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarini faol ravishda ilgari surishga imkon beradi hamda O’zbekistonda olib borilayotgan isloHotlarni qo’llab-quvvatlash, Tashkilot bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Eslatib o’tamiz, 2020 yil Albaniya YXHTning amaldagi raisi hisoblanadi. Ushbu mamlakat bosh vaziri Edi Rama tadbirda Albaniya raisligining ustuvor yo’nalishlarini taqdim etdi.

U Albaniya raisligi YXHT oldida turgan muammo va tahdidlarni barcha ishtirokchi davlatlar bilan Tashkilotning asosiy tamoyillariga mos tarzda hal qilish uchun ochiq va konstruktiv muloqotga intilishini ta’kidladi.