O’zbekiston joriy yilning birinchi yarmida 55 ta davlatga to’qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston joriy yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 1,5 milliard AQSh dollarlik to’qimachilik mahsulotlarini eksport qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O’zbekiston Statistika agentligi ma’lumotiga ko’ra, bu ko’rsatkich umumiy eksportning 11,8 foizni tashkil etgan.
Eksport qilingan to’qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to’qimachilik mahsulotlari (38,1 foiz) va kalava-ip (46,2 foiz) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to’qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
To’qimachilik mahsulotlari tarkibida:
kalava-ip – 708,6 million dollar;
tayyor to’qimachilik mahsulotlari – 584 million dollar;
trikotaj mato – 144,1 million dollar;
gazlamalar – 75,1 million dollar;
paypoq mahsulotlari – 20,5 million dollar.