Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI KUNI NOVOSIBIRSKDA NISHONLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI KUNI NOVOSIBIRSKDA NISHONLANDI

Rossiyaning Novosibirsk shahrida O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Rossiyaning akademik, ishbilarmon doiralari va diplomatiya korpusi vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuv chog’ida mamlakatimiz Bosh qomusi demokratik qonunchilikning eng ilg’or namunalaridan biri ekanligi hamda u davlatimizning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti yo’lini belgilab bergan muhim hujjat ekanligi qayd etildi. 1991-yili O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng mamlakatimiz inson huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillarining tarafdori ekanligini ma’lum qilgani holda demokratiya va ijtimoiy adolat singari oliy maqsadlarga sodiqligini namoyon etdi.

Tadbir ishtirokchilari Prezident Islom Karimovning mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimdagi ma’ruzasi matni bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti 6 barobar, aholi daromadlari esa 9 marta oshgani ta’kidlandi. YAIM hajmining barqaror 8 foizlik o’sish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Shu yilning o’zida mamlakat iqtisodiyotiga 16 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilgan bo’lib, bu ko’rsatkich umumiy mablag’ning 23,3 foizini tashkil etadi. So’nggi 5 yil ichida iqtisodiyotga jami 67 milliard AQSh dollari hajmida sarmoyalar jalb etilgan va ularning 21 foizi xorijiy sarmoyalar hissasiga to’g’ri keladi.

Tadbirda O’zbekistonning boshqa sohalardagi muvafaqqiyatlari, jumladan, qiymati 4 millird AQSh dollaridan ortiq bo’lgan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishi, Jeneral Motors bilan hamkorlikda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi va boshqa ko’pgina dalillar e’tirof etildi. Shu bilan birga, temir yo’l magistrallarini elektrlashtirish borasidagi salmoqli ishlar, xususan, Toshkent - Samarqand, Toshkent - Qarshi yo’nalishi bo’yicha Talgo-250 tezyurar poyezdi qatnaydigan yuqori tezlikdagi temir yo’l liniyasi ishga tushirilgani ham alohida ta’kidlandi.

Yakunlanayotgan yilda O’zbekistonda keksalarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko’rsatilsh darajasi va sifatini oshirish, ular uchun tizimli ravishda sog’lomlashtirish jarayonini tashkil etish, davolanish muassasalari va ijtimoiy xizmatlar sohasining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng ko’lamli sa’y-harakatlar amalga oshirildi.

Tadbir intihosida uning ishtirokchilari tobora yaqinlashib kelayotgan 2016-yil O’zbekistonda “Sog’lom ona - sog’lom bola yili”, deb e’lon qilinganidan ham voqif bo’ldilar.

“Jahon” AA, Novosibirsk