Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI QOHIRADA MUHOKAMA ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI QOHIRADA MUHOKAMA ETILDI

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda Misr Arab Respublikasida bo’lib turgan O’zbekiston fuqarolari, ushbu mamlakatdagi al-Azhar, Ayn Shams universitetlari va boshqa oliy o’quv yurtlarining talabalari, Misr konservatoriyasi o’qituvchilari hamda Qohira radio qo’mitasi xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati ishtirokchilari Prezident Islom Karimov rahnamoligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishining tarixi hamda respublikamiz Asosiy qonunining jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, keyingi yillar davomida keng ko’lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik haqidagi atroflicha ma’lumotlar ham tadbir qatnashchilarining e’tiboriga havola qilindi.

Davra suhbatida qayd etilganidek, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan, unda jamiyatda tinchlik va hamjihatlik barqarorligi uchun mustahkam zamin mavjuddir. Asosiy qonunimiz mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish hamda “kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga tadbiq etishda mustahkam huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda.

Tadbirda so’zga chiqqanlar e’tirof etishganidek, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblanadi.

“Jahon” AA, Qohira