O‘ZBEKISTON-LATVIYA MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston-Latviya maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuridik department direktori Sanita Pekale boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
2014-2016-yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik Dasturini amalga oshirish doirasida amaldagi ikki tomonlama hujjatlar ro‘yxati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, turli sohalarda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan bir qator bitim loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbirda Latviya Elchisi Edgars Bondars ishtirok etdi.