Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON MADANIYATI PEKIN XALQARO XAYRIYA YARMARKASIDA NAMOYISH ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON MADANIYATI PEKIN XALQARO XAYRIYA YARMARKASIDA NAMOYISH ETILDI

PEKIN, 29-oktabr. Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida XI Xalqaro xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

“Muhabbat chegara bilmaydi” deb nomlangan an’anaviy xalqaro tadbirda Pekinda akkreditatsiyadan o‘tgan yuzga yaqin xorijiy mamlakat diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

XXR Tashqi ishlar vazirligi shafe’ligida o‘tkaziladigan mazkur xalqaro yarmarkada O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi ham faol qatnashdi.

Milliy uslubda bezatilgan mamlakatimiz bo‘lmasi yarmarka ishtirokchilari va mehmonlari bilan gavjum bo‘ldi. Chunki o‘zbek milliy liboslari, so‘zana, turli sopol idishlar, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik mahsulotlari singari xalqimiz hunarmandlari tomonidan tayyorlangan rang-barang amaliy san’at buyumlari va turli esdalik sovg‘alari uning peshtaxtalaridan joy olgan edi.

Tadbirning an’anaviy ishtirokchisi hisoblanadigan O‘zbekiston bo‘lmasi har yili milliy o‘ziga xosligi bilan barchaning e’tiborini qozonadi. Bu gal ham shunday bo‘ldi: negaki yarmarka ishtirokchilari va mehmonlar o‘zbek milliy qandolatchilik mahsulotlari, turli pishiriqlar, somsa, palov singari milliy taomlardan tatib ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatilgan, - deydi yarmarka mehmoni Zhou Jian Ping. - Juda boy tarix va o‘z an’analariga ega o‘zbek amaliy san’ati buyumlariga qiziqaman.

O‘zbek palovini tatib ko‘rish uchun pavilonlaringizni qidirib topdim, - deydi xitoylik o‘qituvchi Qi Li Li. - Bu taomning juda mazali va shuning uchun mashhur ekanligi haqida tanishlarimdan bir necha marotaba eshitgan edim. Mana tatib ko‘rishga muyassar bo‘ldim. Kasbim o‘qituvchi bo‘lgani uchun Xitoyning xalqaro aloqalari, Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlariga oid xabarlarni doimo kuzatib boraman.

Ushbu xalqaro xayriya yarmarka Pekinda 2009-yildan buyon an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadi.

/“Dunyo” AA/