Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON - MARKAZIY OSIYO GANJINASI: BARQARORLIK VA FAROVONLIKNING 25 YILI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON - MARKAZIY OSIYO GANJINASI: BARQARORLIK VA FAROVONLIKNING 25 YILI”

Yaqinda Varshavada O’zbekistonga bag’ishlab polyak tilida chop etilgan jurnalning maxsus soni ana shunday nomlanadi. U Polshadagi taniqli Publishing Haus Rea noshirlik uyi va mamlakatimizning Varshavadagi diplomatiya vakolatxonasi tomonidan o’zaro hamkorlikda nashr qilindi.

O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy hamkorligi, iqtisodiyoti, ta’lim tizimi, bank sohasi hamda qishloq xo’jaligi singari juda muhim jabhalarda erishgan muvaffaqiyatlari haqidagi batafsil ma’lumotlar jurnal sahifalarida o’z ifodasini topgan.

Nashrda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimi, “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturining hayotga tadbiq etilishi, bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, millatlararo va diniy bag’rikenglikning ta’minlanishi, sayyohlik industriyasini rivojlantirish kabi yo’nalishlardagi keng qamrovli ijobiy o’zgarishlar atroflicha yoritilgan.

Alohida ta’kidlanganidek, bugungi kunda O’zbekiston dunyoning mustaqil davlatlari qatorida o’zining munosib o’rnini egallagan, mamlakatimiz iqtisodiyot o’sishining barqaror sur’atlarini namoyish etmoqda. Hozirgi paytga qadar erishilgan natijalar mamlakatning bundan 25 yil avval tanlab olgan, taraqqiyotning o’zbek modeliga asoslangan bosqichma-bosqich rivojlanish yo’lining naqadar to’g’ri ekanligini tasdiqlamoqda.

Shu bilan birga, nashr sahifalaridan joy olgan maqolalarda O’zbekistonda yaratilgan sharoitlar islohotlarni izchil hayotga tadbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar turlarini ko’paytirish hamda jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashish imkonini bergani qayd etilgan.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda mustaqillik yillari davomida o’zbek xalqining ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash borasida erishgan marralari haqida ham hikoya qilinadi.

Mamlakatimizning boy sayyohlik salohiyati xususidagi ma’lumotlar jurnal maxsus sonining alohida bo’limidan joy olgan. Mustaqil taraqqiyot yillari davomida ushbu sohani rivojlantirish borasida erishilgan keng qamrovli natijalar bilan tanishtirar ekan, nashr o’lkamiz bag’rida joylashgan betakror tarixiy yodgorliklar haqidagi ma’lumotlarni ham o’quvchilar e’tiboriga havola qilgan. Jannatmakon yurtimizning boy tarixi va madaniyati haqidagi materiallar ham polshalik jurnalxonlarda katta qiziqish uyg’otishi tayin.

O’z-o’zidan ayonki, O’zbekiston va Polshaning siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorligining hozirgi holati mavzusi ham atroflicha qalamga olingan. Ushbu mavzuga bag’ishlangan maqolada ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar tobora rivojlanib borayotgani hamda ular porloq istiqbolga ega ekanligi alohida qayd etilgan.

“Jahon” AA, Varshava