O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATGAN JURNALIST BILAN IJODIY KECHA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli siyosiy sharhlovchi Tursun Qoratoev bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Tadbirda taniqli jurnalistlar, radio va televidenie diktorlari, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, “Madaniyat va ma’rifat” talekanali xodimlari, Inson huquqlari instituti vakillari, televidenie va radio faxriylari, OAV vakillari, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar Tursun Qoratoevning O‘zbekistonda televizion jurnalistika, xususan, xalqaro jurnalistikaning rivojiga, shuningdek, televidenieda publitsistika va xalqaro sharhlovchilik sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan xissasini alohida ta’kidladilar.
Tadbirda, shuningdek, Tursun Qoratoevninng xamkasb do‘stlari va shogirdlarning ustoz tajribasi va murabbiyligi to‘g‘risida jamlangan dil izhorlaridan tashkil topgan “Yaxshilik falsafasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Jahon” AA