O’zbekiston - Polsha biznes forumi

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Sileziya Savdo-sanoat palatasi hamkorligida 2015-yilning 13-aprelidan 14-apreliga qadar Polsha Respublikasi ishbilarmon doira vakillarining Sileziya Savdo-sanoat palatasi direktori R.Tujanskiy boshchiligidagi delegatsiyaning O’zbekiston Respublikasiga tashrifi masalasi ishlab chiqilmoqda, deya xabar beradi O’zbekiston Savdo sanoat palatasi matbuot xizmati.

Delegatsiya tarkibi - temiryo’l transport vositalari, avtobus va trolleybus ishlab chiqarish, biomeditsina va nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, mevalarni ishlab chiqarish va sovutish qurilmalari, kommunal tizimlar, o’tkazuvchi tizim va konveyerlar, alyumin profillar, kundalik hayotda ishlatiluvchi kimyo vositalari, sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va tog’-kon qazish sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya vakillaridan iborat.

Tashrifdan ko’zlangan maqsad o’zbek-polyak qo’shma biznes-forumini tashkil etish hamda ishbilarmon doira vakillari, shuningdek vazirlik va muassalar bilan o’zaro ikkitomonlama hamkorlik masalalarini muhokama etishdan iborat.

Tashrif doirasida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasida joriy yilning 13-aprelida o’zbek va polyak tadbirkorlari o’rtasida ikkitomonlama muzokaralar va biznes forum o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

“Jahon” AA