Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarini qabul qildi

16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘z navbatida, Alan Dunkan ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirib, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda davlat boshqaruvining barcha sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab olgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalar faol davom ettirilmoqda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya va bank-moliya sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda. 2018 yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmida keyingi 10 yildagi eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi qayd etildi.

Joriy yil fevral oyida Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining navbatdagi yig‘ilishi samarali o‘tdi.

Madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvlar kengaymoqda. Mamlakatimizda Xalqaro Vestminster universiteti va Britaniya kengashining vakolatxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, Britaniyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini, ilg‘or tajriba va texnologiyalarini jalb qilgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida intilishi qat’iy ekani alohida qayd etildi.

www.president.uz