O’zbekiston Prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlatimiz rahbarining "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to’g’risida"gi farmoni qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Adliya vazirligi Huquqiy axborot kanali ma’lumotiga ko’ra, farmon bilan Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi.
Iqlim kengashi iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo’yicha prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.
Hujjatda BMTning Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O’zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangani qayd etilgan.
Shuningdek, Yashil transformatsiya va iqlim o’zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o’zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.
Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.