Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON PREZIDENTI MDH IJROIYA QO’MITASI RAISI – IJROCHI KOTIBINI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON PREZIDENTI MDH IJROIYA QO'MITASI RAISI – IJROCHI KOTIBINI QABUL QILDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidan kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo’lib turgan MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga navbatdagi saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish davrida MDH missiyasi faol ishlaginini ta’kidladi.

Sergey Lebedev saylovni kuzatishda ishtirok etish taklifi, qolaversa, Hamdo’stlikka a’zo mamlakatlar va Ijroiya qo’mitadan 180 vakildan iborat MDH kuzatuvchilar missiyasining samarali faoliyatini ta’minlash yo’lida yaratilgan qulay sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Saylov jarayoni yuksak saviyada tashkil etilgani, milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga to’liq mos ravishda o’tgani qayd etildi.

MDH Ijrochi kotibi saylov ko’p partiyaviylik asosida, erkin, shaffof va raqobat muhitida o’tgani, mamlakatdagi demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirishning muhim omili bo’lganini ta’kidladi.

Uchrashuvda, shuningdek, O’zbekistonning Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ko’p tomonlama hamkorligi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Respublikaning 2020 yilda MDHda raisligini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

WWW.PRESIDENT.UZ