O‘ZBEKISTON PREZIDENTI MDH MAMLAKATLARI MAXSUS XIZMATLARI RAHBARLARINI QABUL QILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugun, 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etadigan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi.
Prezidentimiz mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.
Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatimizning Hamdo‘stlikda 2020 yilgi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Tashkilotga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zo‘ravonlik va radikal qarashlarni targ‘ib qilish maqsadida foydalanishga chek qo‘yish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlanli.
Mehmonlar samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘z mamlakatlari rahbarlarining salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.