Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorlik muhim natijalar berayotganini qayd etdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorlik muhim natijalar berayotganini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning ushbu nufuzli tuzilma raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungongdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

Parlamentlararo ittifoqning yuqori darajali vakillari davlatimiz rahbarini Toshkent shahrida tashkilotning yubiley Assambleyasi muvaffaqiyatli tashkil etilgani hamda uning yalpi majlisida dasturiy nutq so‘zlagani bilan samimiy qutladilar.

Bunday keng ko‘lamli forumning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani va ilgari surilgan tashabbuslar to‘liq qo‘llab-quvvatlangani Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar, ayniqsa, parlamentarizmni rivojlantirish borasidagi natijalarning xalqaro e’tirofi ekani ta’kidlandi.

Ittifoq bilan hamkorlik yuksak darajaga chiqib, samarali tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha parlamentlararo forum hamda Toshkent shahrida parlamentlar ayol rahbarlarining 14-sammiti tashkil etildi.

Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik va konstruktiv muloqotni mustahkamlash, "yashil" taraqqiyot va sun’iy intellekt sohasida qonun ijodkorligini kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni parlament faoliyatiga yanada ko‘proq jalb etish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda parlament diplomatiyasining ahamiyati qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti hamkorlikni rivojlantirish va parlament diplomatiyasini samarali ilgari surishga qo‘shgan katta hissasi uchun Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 2017 yilda Ittifoq ishidagi ishtirokini qayta tikladi va bugungi kunda uning ijro etuvchi tuzilmalarida to‘laqonli qatnashmoqda.