O‘ZBEKISTON PREZIDENTI QOZOG‘ISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr’ kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev kirib kelayotgan yangi - 2020 yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izhor qildilar.
Yakuniga yetayotgan yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim natijalarga erishilgani ta’kidlandi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, sanoat va transport sohalaridagi kooperatsiya kengaymoqda, hududlararo va gumanitar aloqalar faollashdi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Joriy yilning noyabr’ oyida Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlikka oid, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.