Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti ramziy tugmani bosib, Sirdaryo viloyatidagi yangi korxonalarni ishga tushirdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti ramziy tugmani bosib, Sirdaryo viloyatidagi yangi korxonalarni ishga tushirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Guliston shahridagi «Omon med farm» korxonasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda asosan mahalliy dorivor o‘simlik va xomashyolardan yiliga 2 million 400 ming qadoq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonada tayyorlanayotgan antibiotik, tabletka, ampulali va infuzion dori vositalari shifoxonalar va dorixonalarga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, mahsulotlarning bir qismini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Korxonada qariyb ming kishi mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayoni, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat tibbiyot klasteri shaklida rivojlanmoqda. Uning huzurida klinika, maktab va universitet qurilmoqda.

Prezidentiiz korxonada tayyorlanayotgan dori turlarini ko‘paytirish va eksport qilishga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari ham namoyish etildi.

Shu yerda viloyatdagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular – Sirdaryo tumanidagi «River Med farma», «Yevroaziya gaz beton», «Modern Marbel», «Peng Sheng Charm», Sayxunobod tumanidagi «Toshkent siti gold blok» hamda Yangiyer shahridagi «Inter Treyding-grup» mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridir. Ularning rahbarlari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

Qayd etilganidek, «River Med farma» korxonasida yiliga 42 million dona infuzion dori mahsulotlari tayyorlanib, 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.

«Yevroaziya gaz beton» qurilish sohasiga ixtisoslashgan. U yerda Niderlandiya texnologiyasi asosida yiliga 450 ming kub gazobeton ishlab chiqariladi, 100 ta ish o‘rni tashkil etiladi.

«Modern Marbel»da yiliga 800 ming kvadrat metr marmar kesimlari tayyorlanadi.

«Peng Sheng Charm» yiliga 1500 kvadrat metr tabiiy charm hamda 468 tonna jelatin ishlab chiqarishga quvvatiga ega. Ularning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

«Toshkent siti gold blok» va «Inter Treyding-grup» loyihalari 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya evaziga amalga oshirilgan. Birinchisida yiliga 300 ming metr kub gazoblok ishlab chiqarilsa, ikkinchi korxona 45 ming tonna un tayyorlash quvvatiga ega.

Umuman, mazkur korxonalarda 600 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi, ularning faoliyati tufayli viloyat ishlab chiqarishiga 37 milliard so‘m, eksportiga qariyb 30 million dollar qo‘shiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.

Davlatimiz rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi.
«Dunyo» AA