O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SERGEY LAVROVNI QABUL QILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Prezidentimiz strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, o‘zaro almashinuvlar misli ko‘rilmagan darajada faollashgani, ko‘p qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi.
Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.