Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, qardosh xalqqa yana bir bor hamdardlik bildirdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, qardosh xalqqa yana bir bor hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Maʼlumki, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy ellarida yuz bergan kuchli zilzilalar vayronkorligi bilan butun dunyoni larzaga soldi. O‘zbek xalqi ham ofat oqibatlarini qalbiga yaqin olib, chuqur qayg‘u va hamdardlik hissini tuydi.

Davlatimiz rahbari o‘sha kuniyoq qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirgan edi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun mamlakatimizdan bir necha guruh qutqaruvchilar Turkiyaga yuborildi. Shuningdek, gumanitar yordam yuklari muntazam jo‘natib turilibdi.

Prezidentimiz bugun Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi. Parvardigordan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini so‘radi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

O‘zbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga bo‘lgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bu do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro yelkadoshlik hozirgiday og‘ir kunlarda yana-da bilinadi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so‘zlarni yozib qoldirdi.
“Dunyo” AA