Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON PREZIDENTI TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari qardosh Turkmaniston xalqiga joriy yil 10-11 oktyabr kunlari Ashxobodda o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmanistonning MDHdagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar nuqtai nazaridan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi vaqt bilan sinalgan mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, avvalo, savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos ekani qayd etildi.

Tomonlar hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga bundan buyon ham faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirdilar.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari do‘st mamlakatlarimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash borasida qat’iy ekanini tasdiqladilar.

WWW.PRESIDENT.UZ