O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hududlararo hamkorlik salohiyatini samarali amalga oshirish tarafdori ekanini bildirdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tyanszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv boshida Chen Miner davlatimiz rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni, ayniqsa, faol hududlararo muloqot doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tyanszin shahrining yetakchi kompaniyalari bilan savdo, sanoat, "yashil" energetika, qurilish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Innovatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalarida almashinuv dasturlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston hududlari va Tyanszin shahri o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.