O‘ZBEKISTON PREZIDENTI YAPONIYA IMPERATORI BILAN UCHRASHDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 dekabr’ kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.
Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoeva tashrifi sharafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.