Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekiston Prezidentiga sport va olimpiya harakati rivoji bo’yicha axborot berildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekiston Prezidentiga sport va olimpiya harakati rivoji bo'yicha axborot berildi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, aholi salomatligini mustahkamlash, sog’lom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida mamlakatimizda sport keng rivojlantirilmoqda. Buning uchun stadionlar, mashg’ulot zallari, "workout" maydonchalari, yugurish yo’laklari, sport maktablari va majmualaridan iborat ulkan infratuzilma bor.

Mahallalardagi sog’lom muhit, hududiy musobaqalar, "Besh tashabbus olimpiadasi" ta’sirida sportsevarlar safi kengayib bormoqda. Shu bilan birga, yoshlar orasidan qobiliyatlilari saralab olinib, mahoratli professional sportchilar tayyorlanmoqda.

"O’zbekiston – 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida bu soha bo’yicha ham ko’plab vazifalar belgilangan. Unga muvofiq, umumiy ta’lim muassasalari birlamchi sport jihozlari bilan ta’minlandi. Mahallalardagi stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan foydalanish vaqti uzaytirildi. 10 million aholini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida joylarda futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, yengil atletika, kurash kabi sport turlari bo’yicha besh bosqichli musobaqalar o’tkazilmoqda.

Hududlarda sport uchun sharoitlarni kengaytirish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, ilg’or tajribalarni o’zlashtirish borasidagi ishlar ham qayd etildi.

Davlatimiz rahbariga XXXIII yozgi Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik bo’yicha ham axborot berildi.

Ma’lumki, ushbu nufuzli musobaqa 26-iyul – 11-avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida bo’lib o’tadi. Unda 206 ta mamlakatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

O’zbekistondan 19 ta sport turi bo’yicha jami 90 nafar sportchi qatnashadi. Ahamiyatlisi, an’anaviy sport turlaridan tashqari bu yil ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi bo’yicha ham yo’llanmalar olingan. Qolaversa, bu yilgi olimpiyachilarimizning 36 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko’rdi. Har bir sportchi bo’yicha individual strategiya qabul qilinib, ularning saralash musobaqalaridagi, mahalliy va xorijiy o’quv-mashg’ulotlardagi ishtiroki ta’minlandi. 15 ta olimpiya va paralimpiya markazida hamda viloyatlardagi sport bazalarida tayyorgarlik uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, sportchilar muntazam chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, tibbiy-biologik ta’minot va farmakologiya yo’nalishlarida tizimli choralar ko’rildi.

Davlatimiz rahbari Olimpiya o’yinlarida sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi. Mutasaddilarga iqtidorli yoshlarni tanlash va qo’llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirib borish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.