O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING ROSSIYAGA RASMIY TASHRIFIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 2016-yil 25-26-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi.
Tashrif davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati