Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING BAYONOTI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING BAYONOTI

Joriy yilning 22 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo’lib o’tgan saylovlarning natijalari bo’yicha qator xalqaro tashkilotlarning missiyalari va xorijiy mamlakatlarning delegatsiyalari kuzatuvlarining dastlabki xulosalariga doir bayonotlar bilan chiqdi.

Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, YEXHTning Parlament Assambleyasi Missiyasiga, ShHT,MDH, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi missiyalariga va barcha xalqaro kuzatuvchilarga O’zbekiston Respublikasiga saylovlarni adolatli, halol va shaffof, umume’tirof etilgan standartlar va eng maqbul amaliyotlar, mamlakatimizning saylovlar sohasidagi majburiyatlariga binoan o’tkazishda ko’rsatgan g’oyat ulkan yordami uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.

O’zbekiston Respublikasidagi saylovlarga birinchi marta misli ko’rilmagan darajada ko’p xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari, chet mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etildi. Saylovlarda jami 50dan ortiq xorijiy davlatlardan va 10ta xalqaro tashkilotlardan 800dan ziyod kuzatuvchilar, shuningdek, chet mamlakatlarning 130dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari monitoring va yoritish ishlarini olib bordi.

Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasining saylovlarni chinakam demokratik tamoyillar asosida o’tkazishga, fuqarolarning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun barcha sharoitlarni ta’minlashga qat’iy amal qilayotganining yorqin dalilidir.

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarga va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilariga O’zbekistonda demokratik-huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo’lida muhim bosqich bo’lganparlament saylovlariga tayorgarlik ko’rish va uni o’tkazish borasida mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni xolis e’tirof etganlari uchun chuqur minnatdorlik izhor etadi.

Saylovlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yili boshlangan va O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotini bosqichma-bosqich o’zgartirish va yuksaltirishga yo’naltirilgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida o’tkazilgani xalqaro kuzatuvchilarning missiyalari va delegatsiyalarining bayonotlarida haqli ravshida alohida ta’kidlangan. Ayni paytda “Oliy Majlisga “Yangi O’zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida bo’lib o’tgan saylovlar ortga qaytmas xarakter kasb etgan modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonlaridagi muhim bosqich ekani” haqli ravishda alohida ta’kidlangan.

Markaziy saylov komissiyasining va boshqa tashkilotlarning mamlakatimiz saylov qonunchiligini yangilash, saylov jarayonini boshqarish axborot tiziminijoriy etish, saylovoldi tashviqotini yangi formatda tashkil qilish va o’tkazish, ko’p sonli xalqaro va mahalliy kuzatuvchilarning, jumladan, siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining saylovlarda to’siqinliklarsiz ishtirok etishini ta’minlash, saylov jarayoni ishtirokchilarining saylovlarni tashkil qilish va o’tkazish borasidagi bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash kabi yo’nalishlarda amalga oshirgan ishlariga yuqori baho berilgan.

Shuni bilan birga, xalqaro kuzatuvchilarning missiyalari va delegatsiyalari tomonidan saylov qonunchiligini va saylov amaliyotini yanada takomillashtirish, saylovlarnichinakam demokratik saylovlar bo’yicha xalqaro standartlar va eng maqbul amaliyotlar asosida o’tkazish borasida qator tavsiyalar taqdim etildi.

Jumladan, YEXHT Parlament Assambleyasi va YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosining saylovlarni kuzatish bo’yicha xalqaro missiyasining dastlabki natijalar va xulosalarga oidbayonotidashaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz ovoz berish, “bir kishining butun oila uchun ovoz berishi”, ovozlarni sanab chiqishdagi ayrim qoidabuzarliklar, xotin-qizlarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi ishtirokini yana kengaytirish zarurati, deputatlikka mustaqil nomzodlarning yo’qligi va fuqarolik jamiyati institutlariga saylovlarni kuzatib borish imkoniyati berilmaganligi borasida aniqlangan ayrim holatlar ham ko’rsatib o’tilgan.

Markaziy saylov komissiyasi to’la mas’uliyat bilan ma’lum qiladiki, xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari va tavsiyalari O’zbekistonda saylov qonunchiligini va saylov amaliyotini yanada takomillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan rejali va izchil ishlarning asosidan joy oladi, shuningdek, ushbu sohada barcha manfaatdor tomonlar bilan amaliy muloqotni davom ettirishga tayyor.

Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi bo’lib o’tgan saylovlarning natijalarini,shuningdek, xalqaro va xorijlik kuzatuvchilarning bayonotlarinisaylov qonunchiligini yanada takomillashtirish, bayon etilgan xulosalar va tavsiyalarni amalga oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun sinchiklab o’rganishga va ularning chuqur tahlilini o’tkazishga kirishdi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi bo’lib o’tgan saylovlarning yakunlari bo’yicha fikr almashish, eng muhim tavsiyalarni va ularni amalga oshirish yo’llarini ko’rib chiqish uchun 2020 yilning ikkinchi choragida milliy va xalqaro darajadagi barcha manfaatdor tashkilotlar ishtirokidaxalqaro konferensiya o’tkazishga qaror qabul qildi.

Pirovardida Markaziy saylov komissiyasi milliy qonunchilikni va qonunlarni qo’llash amaliyotini yagona maqsad - O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining o’z xohish-irodasinierkin va haqiqatda bildirishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro saylov huquqlariga muvofiqlashtirishga doir ishlarni davom ettirishga o’zining qat’iy tayyorligini ta’kidlab, saylovlar sohasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan amaliy ishlarni va o’zaromanfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga umid bildiradi.

O’zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi
2019 yil 25 dekabr.