O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI RO‘YXATGA OLINDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					TOShKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo AA muxbiri Zamira Azizxonova.
Yig‘ilishni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini ro‘yxatga olish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlislari 2020 yil 16-17 yanvar kunlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi. Ro‘yxatga olishdan keyin ularga guvohnoma va ko‘krak nishonlarini topshiradi.
Majlisda 2020 yil 16-17 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy kengashlar deputatlarining qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masala ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 81-moddasiga va Saylov kodeksining 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislari 2020 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirilishi belgilandi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















