Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Mamlakatimizga kelgan AQSh delegatsiyasi Missisipi shtati administratsiyasi, yetakchi tashkilotlari hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi va ta’lim sohalaridagi kompaniyalari vakillaridan iborat.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, tashrif O’zbekiston va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri doirasida faol muloqot olib borilayotgani va ko’p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.

O’z navbatida, gubernator F.Brayant samimiy mehmondo’stlik uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda turli darajalarda aloqalar sezilarli faollashgani, o’zaro savdo hajmi ikki barobar ortgani, investitsiyalar, agrar majmua, sanoat, transport, turizm va gumanitar almashinuv sohalarida hamkorlik bo’yicha qo’shma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O’zbekiston bilan Missisipi shtati o’rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari batafsil ko’rib chiqildi. Qishloq xo’jaligi, biotexnologiyalar va agrokimyo, o’simlikshunoslik, chorvachilik va baliqchilik, to’qimachilik va logistika sohalarida, avvalo, AQShning ilg’or texnologiya va bilimlarini joriy etish asosida zamonaviy klasterlar va ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Aniq loyiha va dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha ikki tomonlama komissiya faoliyatini yo’lga qo’yish xususida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, joriy yil 16-17-may kunlari Navoiy shahrida AQSh va Kanadaning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirokida bo’lib o’tadigan O’zbekiston-AQSh-Kanada biznes forumi ishbilarmon doiralar o’rtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o’rnatishga xizmat qilishi qayd etildi.

AQSh delegatsiyasi a’zolari O’zbekistonda sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, barcha soha va yo’nalishlarni qamrab olgan islohotlarning natijadorligiga yuksak baho berdi. Idoralararo muloqotlarni faollashtirish va qo’shma tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlarning O’zbekiston va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi do’stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko’lamli hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

www.president.uz